Chempion sportchilarni prezident va Milliy gvardiya rahbariyati taqdirladi

© Milliy gvardiyaNasgvardiya nagradila sportsmenov
Nasgvardiya nagradila sportsmenov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chempion sportchilar va ularning murabbiylari prezident va Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan taqdirlandi.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yekaterinburgda  birinchilikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar va ularning murabbiylarini taqdirlash haqida farmon imzoladi.

Sprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi bo‘ldi

Ushbu farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li, Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li  taqdirlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoni bilan Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kurbanov Marat Galiyevich hamda  Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi Qilichev To‘lkin Maxmurovich va Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi Erkayev Baxodir Turgunovichlar taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni bilan Zoirov Shaxobidin Shokirovich, “Kelajak bunyodkori” medali bilan - Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li  va Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li  taqdirlandi.

“Shuhrat”  medali bilan Axmedov Burxon Baxramovich    va Qilichev Farruh Komilovichlar taqdirlandi.

Vstrecha bokserov v Tashketskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Chempion bokschilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi

Undan tashqari Milliy gvardiya qo‘mondonligi ham, o‘z  navbatida, Yekaterinburgdan ulkan yutuqlar bilan qaytib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Bobo-Usmon Baturovlarni hamda xalqaro musobaqalar g‘olibi Murodjon Axmadaliyev va yunon-rum kurashi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Elmurat Tasmuradovlarga navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovg‘alari topshirishdi.

Shuningdek, bokschilarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya qo‘mondonining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, deyilgan xabarda.

© Milliy gvardiyaNasgvardiya nagradila sportsmenov
Chempion sportchilarni prezident va Milliy gvardiya rahbariyati taqdirladi - Sputnik O‘zbekiston
Nasgvardiya nagradila sportsmenov
Yangiliklar lentasi
0