Chernobil turistlarni qabul qila boshladi 

Obuna bo‘lish
Radiatsion turizmga marhamat! Fojeadan 33-yil o‘tib Chernobil AESi turistlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Chernobil Atom elektr stansiyasiga birinchi marotaba sayyohlar kirishiga ruxsat berildi. 1986-yilning 26-aprelida ushbu AESning 4 energoblokida portlash sodir bo‘lgan edi. 

Shundan so‘ng 33-yil davomida butun Chernobil shahri yopiq hududga aylangan va bu yerga odamlar kirishi ta’qiqlangan edi. AESda yuz bergan fojeadan eng katta miqdora Ukraina shimoli, Belarus janubi va Rossiyaning g‘arbiy qismlari katta zarar ko‘rgan edi. 

Yaqinda teleekranlarda namoyish etilgan Chernobil haqidagi filmdan so‘ng, sayyohlar uchun bu yerning ommaviyligi yanada oshdi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bu yerda bugun ham radiatsiya miqdori normadan 40 ming baravar ortik. Shuning uchun ham bu yerga kelgan kishi himoya kostyumida bo‘lishi shart.

 

Yangiliklar lentasi
0