Jamiyat

Shomurodov van Basten uslubida gol urdi - video

Moskva "Dinamo"si bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda Eldor Shomurodov yana bir ajoyib gol urdi - baland noqulay burchak ostida kelgan toʻpni ustalik toʻxtatib olib darvozaga yoʻlladi.

TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Rossiyaning “Rostov” jamoasi tarkibida toʻp surayotgan oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov kecha Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda yana bir chiroyli gol urdi.

Eldor juda balanddan va darvozaga nisbatan oʻta noqulay burchakka toʻgʻri kelgan toʻpni, avval boshi bilan toʻxtatib oldi va undan soʻng mohirlik bilan raqib darvozasiga yoʻlladi.

Ushbu toʻpni darvozaga kiritish mumkinligiga hech kim ishonmagandi shekilli, raqib himoyachilari ham darvozabon ham qarshilik koʻrsatishga ulgurmadi.  Oʻyinda 3:0 hisobida “Rostov” jamoasi gʻalaba qozondi.

Oʻyin komentatori esa Shomurodovning ushbu golini Gollandiya Terma Jamoasi hujumchisi Marko van Bastenning 1988 yilda SSSR darvozasiga kiritgan goliga oʻxshatdi. 

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Eldor Shomurodov Rossiya premyer ligasining birinchi nomer bombardiri hisoblanadi. Ushbu gol uning yutugʻini yanada mustkahkamladi. Bugungi kun holatiga koʻra, Eldor  11 ta oʻyinda 9ta gol urgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala