Jamiyat

Xalqaro robotchilar chempionatda Oʻzbekiston ilk medalni qoʻlga kiritdi

© MininnovatsiiRobototexniki Uzbekistana zavoyevali bronzu
Robototexniki Uzbekistana zavoyevali bronzu - Sputnik Oʻzbekiston
Janubiy Koreyada boʻlib oʻtayotgan robotchilar xalqaro chempionatida Oʻzbekiston jamoasi ilk bor medalga sazovor boʻldi.

TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi Robototexnika xalqaro chempionatida birinchi medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Innovatsiyalar vazirligi.

Janubiy Koreyaning Donxe shahrida oʻtkazilayotgan Robototexnika xalqaro chempionatida (International Grand D challenge 2019) ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqalarning birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladi.

Robo scholar yoʻnalishi boʻyicha Shavkat Abdurahmonov va Xumoyun Xaydarov 3-oʻrinni egalladilar. 1-oʻrinni koreyalik, 2-oʻrinni esa ruminiyalik yosh robototexniklar qoʻlga kiritdilar, - deyilgan xabarda.

Chempionatning Robo scholar yoʻnalishi shartlariga koʻra tibbiyot, aerokosmik texnologiyalar, yongʻin xavfsizligi, taʼlim va oziq-ovqat sanoati sohalaridan birortasi boʻyicha ikki soat davomida loyiha tayyorlanib, hakamlar hukmiga havola etilishi lozim boʻlib, bu yoʻnalishda qatnashgan hamyurtlarimiz tibbiyot sohasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan “Smart doc box” uskunasini yasashdi.

Yurtimiz terma jamoasi tomonidan taqdim etilgan yana ikkita loyiha sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan boʻlsa-da, “technical award” nominatsiyasiga loyiq topildi, yaʼni texnik jihatdan ijobiy baholandi.

© Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki UzbekistanSbornaya Uzbekistana zavoyevala 3 mesto na chempionate po robototexnike
Xalqaro robotchilar chempionatda Oʻzbekiston ilk medalni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sbornaya Uzbekistana zavoyevala 3 mesto na chempionate po robototexnike
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala