Toshkentda maxsuslashtirilgan bolalar bog‘chalari faoliyati tugatilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur takshilotlar o‘rniga alohida jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ega bolalar uchun 18 ta davlat ko‘ptarmoqli maxsuslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Mazkur yilning 2-oktabr kunidan Toshkentdagi 49 ta maxsuslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari isloh etiladi, deya xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi.

Ularning o‘rniga alohida jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ega bolalar uchun 18 ta davlat ko‘ptarmoqli maxsuslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Nutqida og‘ir (logopedik) buzilishlari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus guruhlar va umumiy turdagi 31 ta bolalar bog‘chasi ularning tarkibida shakllantiriladi.

Ushbu qadam, eng avvalo, reabilitatsiya va maxsus pedagogik korreksiyaga muhtoj bo‘lgan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun zarur sharoitlarni yaxshilaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, maxsuslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ko‘ptarmoqlilarga aylantirilishi ilk bosqichi Toshkent shahridan boshlanadi.

Maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda

Ikkinchi bosqichda respublikaning boshqa viloyatlarida keng reabilitatsion imkoniyatlarni yaratuvchi ko‘ptarmoqli maxsuslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi.

Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi

O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, mavjud maxsuslashtirilgan bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilarining  70% - 94 %i - sog‘lom va ular umumiy turdagi bog‘chalarga o‘tkazilishlari lozim. Bolalar va ularning ota-onalari manfaatlarini ko‘zlagan holda, ayni shu muassasalarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qilindi. Bu turdagi bog‘chalar shtatiga nutqida buzilishlari mavjud bo‘lgan bolalar (3-7 yosh) bilan ishlash uchun logoped-defektolog jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Avtobus SAZ HC 40 - Sputnik O‘zbekiston
Yangi loyiha: O‘zbekistonda "bog‘cha avtobus"lari paydo bo‘ladi

Eslatamiz, 2019-2020 o‘quv yillarida O‘zbekistonning qator viloyatlarida qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslari asosida maktabgacha ta’lim mobil guruhlarini tashkil etish bo‘yicha pilot loyihalar ishga tushiriladi.

Bu kabi mobil guruhda bolaning kuniga kamida 3-4 soat vaqt o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, hujjatda qayd etilishicha, ovqatlanishning tashkillashtirilishi nazarda tutilmagan. Bir guruhda bolalar soni 16 dan oshmasligi zarurligi ham ishlab chiqilgan reglamentda ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0