Analitika

Birgina qoʻshiq va raqslar bilan muammo hal etilmaydi - Grozin

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtishZaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida ochilgan "Doʻstlik" koʻprigi ikki davlat chegara qismida yuz bergan mojaroni hal etishda yordam bera oladimi? MDH mamlakatlari instituti Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin shu haqda fikr yuritadi

Bu turdagi tashabbuslarni olqishlash mumkin, dedi MDH davlatlari Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

"Siyosatshunoslik nazariyasiga koʻra xalq diplomatiyasi - doʻstlik uylari, doʻstlik koʻpriklari, hamkorlikdagi futbol uchrashuvlari - mahalliy uyushmalar orasida mojaro potentsialini kamaytirishda yordam beradi", - dedi u.

Direktor Yevraziyskogo analiticheskogo kluba Nikita Mendkovich v multimediynom press-tsentre Sputnik Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojaroni hal etishda Oʻzbekiston tajribasi yordam beradi

Grozin, birgina qoʻshiq va raqslar bilan masala hal etilmasligini tushunish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi mojarolar - juda muhim siyosiy voqealar boʻlib, ularning davlatlararo munosabatlarga taʼsiri bor. Bunday davlat tashabbuslari eng kamida amaliy mazmunga toʻldirilishi lozim, deb qayd etdi ekspert.

Grozin shuningdek, bu koʻprik orqali kontrabanda tashiladimi yoki qonuniy mol olib oʻtiladimi, degan ritorik savolni beradi.

U shunga aminki, Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi mojarolar u yoki bu jamoatchilik uyushmalarining har qanday hayotiy vaziyatdan naf olishga urinishlari tufayli kelib chiqmoqda.

Chegaradagi otishma tojiklar qirgʻizlarni yomon koʻrishi, yoki aksincha holat tufayli kelib chiqmaydi. Tojiklarning qirgʻizlar, yoki qirgʻizlarning oʻzbeklar bilan boʻlgan oʻzaro etnik munosabatlari koʻpam farq qilmaydi, deya qoʻshimcha qiladi Grozin.

Prezident Sooronbay Jeenbekov provel soveщaniye po situatsii na kыrgыzsko-tadjikskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishma: Jeenbekov yigʻilish oʻtkazdi

"Gap faqatgina iqtisodiy masalalar - taqchil resurslar: suv, yer, yaylovlarga egalikda. "Doʻstlik koʻpriklari" bilan bunday masalalar hal etilmaydi, negaki, chegaraoldi mojarolarining asosiy dvigatellari boʻlmish iqtisodiy aktlar hech qayerga yoʻqolib ketmaydi", - deb qayd etdi Grozin.

Ekspert fikricha, gap markaziy hukumat siyosatida ham emas, balki iqtisodiy va savdo yoʻllari ustidan nazoratni, aloqalarni saqlab qolishdan manfaatdor boʻlgan rasmiy va norasmiy guruhlar taʼsirida. Ziddiyatlarning vujudga kelishi ham shundan.

"Doʻstlik koʻpriklari - bu yaxshi, biroq bu masala yechimi emas, bu faqatgina tomonlarga ushbu shaklni tartibga solishda yordam beruvchi qadamlardan biridir", - deb xotima qildi Grozin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala