Forbes AQShda eng boy kishining ismini e’lon qildi

© AP Photo / Ted S. WarrenGeneralniy direktor Amazon Djeff Bezos
Generalniy direktor Amazon Djeff Bezos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikada eng boy biznesmenlar reytingi e’lon qilinishidan bir kun avval Forbes jurnali unda birinchilik kimga tegishli ekanligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Forbes jurnali tahlillariga ko‘ra, Amazon asoschisi Djeff Bezos ketma-ket ikkinchi yil AQShning eng boy 400 taligi qatoridan joy egallagan. Bunga uning turmush o‘rtog‘i Makkenzi bilan ajrimi ham g‘ov bo‘lganicha yo‘q.

AQShning 400 ta eng boy biznesmenlari reytingi Forbes tomonidan shakllantirildi, u ertaga - 2-oktabr kuni to‘laligicha e’lon qilinadi. Unda birinchi o‘rinni, ilgarigidek, Amazon asoschisi Djeff Bezos saqlab qolganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda Bezosning mol-dunyosi qariyb 114 milliard AQSh dollarni tashkil etadi.

Reytingni tuzishda, ishbilarmonlarning umumiy moliyaviy holati hamda “o‘zini o‘zi shakllantirganlik” (self-made) omili hisobga olinadi. Bunda jurnal tahririyati, reyting ishtirokchisining mablag‘ini qancha qismini meros sifatida olgani, uning ota-onasi qanchalik badavlat bo‘lgani, “da’vogar”ning hayoti davomida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani kabilarni asos qilib oladi. O‘tgan yildan, Forbes, shu jumladan, “insonparvarlik darajasi”ni ham o‘lchovlari qatoriga kiritdi. Ya’ni bunda, biznesmenning xayr-ehsonga ajratgan mablag‘lari hajmi o‘rganiladi. Shu o‘rinda, Amazon 19-sentabr kuni kompaniya iqlim o‘zgarishlari bilan kurashishda yangicha yondashuvini e’lon qilgandi. Kompaniya 2040-yilga qadar atmosferaga uglerod chiqarilishini qisqartirib, “uglerodlarga neytral” (carbon-neutral) korxonaga aylanishni reja qilmoqda.

Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov yana Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi

Bezos AQShdagi ajrimlar tarixida eng qimmat ajrimni boshidan kechirgan bo‘lsa-da, u reytingda birinchilikni hanuzgacha yo‘qotgani yo‘q. Uning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Amazonning 19,7 mln. aksiyasini (taxminan 4%) qo‘lga kiritdi. Biznesmenning o‘zida 12% qimmatli qog‘oz qolgan. Iyul hisob-kitoblariga qaraganda (rasmiy ajrim sodir bo‘lgan payt), Amazonning 4% aksiyasi $ 38,3 mlrd.ga teng edi.

2019 yil martida Forbes e’lon qilgan “Dunyoning eng boy biznesmenlari” reytingida ham Bezos birinchi o‘rinni egallagan edi. Uning boyligi 131 mlrd. AQSh dollariga baholangandi.

Yangiliklar lentasi
0