Shavkat Mirziyoyev ro‘mol taqish haqida nima dedi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Samarkandskuyu oblast posetil fermerskoe xozaystvo Pure milk Oqdaryo v Akdarinskom rayone
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Samarkandskuyu oblast posetil fermerskoe xozaystvo Pure milk Oqdaryo v Akdarinskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiy faxriylarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidenti mamlakatda hech qachon ro‘mol taqiqlanmasligi haqida atib o‘tdi

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev katta yig‘inda ko‘pchilik oldida O‘zbekistonda milliy madaniyat belgisi bo‘lmish - ro‘molni taqish hech qachon taqiqlanmasligini aytdi. Hukumat mukofoti topshirilgan sportchilarning birini volidasi chiqishidan so‘ng, davlat rahbari an’anaviy bosh kiyimida chiqqan ayolni "o‘zbek volidasi timsoli", deya atadi va ro‘mol hamisha kamtarinlik va yuksak madaniyat belgisi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

"Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p-ko‘p masalalar ko‘tarilayapti. Sizni o‘zbekona libosingiz... <...>Qanday yarashadi ro‘mollar, qanday yarashadi o‘zbekona kiyinishingiz. Hech kim (ro‘mol taqishlariga) hech qachon qarshi bo‘lmagan. Mana shu turishingiz, mana shu ro‘molingiz menga muqaddas o‘zbek onasi timsolini eslatdi", - dedi prezident sportchi onasiga murojaat etib.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-sentabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar faxriy unvonlar va medallar bilan taqdirlangan edi.

30 sentabr kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport federatsiyalari rahbarlari, bokschilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Yangiliklar lentasi
0