Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Oʻlgan qarindoshini tiriltirishni talab qilib, shifokorlarni doʻpposlaganlarga chora koʻriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Yashnaobodda bemorning uch nafar qarindoshi shifokorlarni ayovsiz doʻpposlagani xabar qilingan edi. “Tez yordam” shifokorlari bemor A.A.ni koʻrikdan oʻtkazganida u vafot etgani maʼlum boʻladi. Bunga ishonmagan bemorning qarindoshlari unga ukol qilishni talab qilishadi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida “Tez yordam” shifokorlariga tajovuz qilganlarga nisbatan qonuniy chora koʻriladi.  

IIBB xabariga koʻra, bemorning qarindoshlari shifokorlarni doʻpposlagan soʻng voqea joyiga Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi tergovchisi va tergov tezkor guruhi yetib kelgan.

Napadeniye na vracha skoroy pomoщi v Samarkande  - Sputnik Oʻzbekiston
Yana bir tez yordam shifokori kaltaklandi, bu safar - Samarqandda

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib,  shu kunning oʻzida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

“Respublika sud tibbiyot ekspertizasi ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali Yashnobod tuman punkti tanatalogiya boʻlimining 26 sentyabr kunidagi xulosasiga koʻra, oʻtkir nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpkalar shishi hamda nomaʼlum etiologiyali zaharlanish A.A.ning oʻlimiga sabab boʻlganligi koʻrsatilgan”,  -deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar Toshkent shahar Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yashnaobod tumanida bemorning uch nafar qarindoshi shifokorlarni ayovsiz doʻpposlagani xabar qilingan edi. “Tez yordam” shifokorlari bemor A.A.ni koʻrikdan oʻtkazganida u vafot etgani maʼlum boʻladi. Biroq, bemorning yaqinlari shifokorlardan bemorga ukol qilish, reanimatsiya yordami koʻrsatishni talab qilashadi. Shifokorlar ularga bu foydasiz ekanini tushuntirishiga qaramasdan, bemorning yaqinlari tibbiyot xodimlariga tahdid qilishda davom etadi. Natija ikki shifokor doʻpposlanib, ogʻir ahvolda shifoxonaga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala