O‘zbekistonda har 100 uyda 44ta avtomobil bor - Statistika qo‘mitasi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KirgizstanaAvtomobili na vistavke promishlennoy produksii Uzbekistana i Kirgizstana v gorode Tashkent
Avtomobili na vistavke promishlennoy produksii Uzbekistana i Kirgizstana v gorode Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda har 100 oilada 44ta avtomobil, 81ta kir yuvish mashinalari va 262 ta mobil telefonlar bor - stastistika.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekistondagi har 100 oilada 44ta avtomobil, 81ta kir yuvish mashnalari bor, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Eng ko‘p o‘rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda - Statistika qo‘mitasi

Aholining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Ushbu kuzativ natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining farovonlik darajasi yil sayin ortib bormoqda.

Xususan, 2018-yilda uy xo‘jaliklarining internet tarmog‘iga ulanish darajasi - 80,9%ga yetdi. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni,  ayollar esa 50,2% ni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Statistika qo‘mitasi maishiy texnika bilan ta’minlanish darajasi ham yil sayin ortib borayotganini qayd etdi. Xususan, O‘zbekistonda 2018-yilda 100 uy xo‘jaligida - 155 ta televizor, 55 ta elektr changutgich, 81 ta kir yuvish mashinasi, 103 ta sovutgich va muzlatgich, 52 ta shaxsiy kompyuter, 35 ta konditsioner, 44 ta yengil avtomobil va 262 ta mobil telefonlar borligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0