Bojxona qo‘mitasi chegaradagi tirbandlik to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishGranitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom
Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning “Tajen” chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston “Daut-ota” chegara bojxona postiga kirishda 40 ta “fura” tirbandlik sababli navbatda turganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. 1 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston Respublikasining “Tajen” chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga kirishda 40 ta yuk mashinasi tirbandlik sababli navbatda turganligi to‘g‘risidagi xabarlarga Davlat bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bojxona chegarasi orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni tahlil qilinganda, sentabr oyi yakuni bo‘yicha ularning harakati o‘tgan davrga nisbatan keskin oshganligi kuzatilgan.

“Bojxona posti orqali o‘tish uchun kelgan avtotransport vositalari zamonaviy nazorat-texnik vositalardan samarali foydalangan holda tezkorlik bilan, hech bir moneliksiz va sun’iy to‘siqlarsiz bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Furi vistroilis v ochered na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi tirbandlik sababini ma’lum qilishdi

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatning chegara bojxona postlari orqali kuniga o‘rtacha 130 ming fuqaro, 6 000 taga yaqin avtotransport vositalari harakatlanayotgan bo‘lib, shundan 2 300 ­tasi yuk avtotransport vositalari, 3 700 tasi esa yengil avtotransport va avtobuslarni tashkil etadi.

Birgina, “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali sentabr oyi boshida har kuni o‘rta hisobda 150 ta yuk avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 26-30 sentabr kunlari davomida har kuni o‘rta hisobda 230 ta yuk avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan.

Xabarda chegara bojxona postlarida avtotransport vositlari tirbandligi holatlarini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilayotgani qo‘shimcha qilingan. Bu masalada qo‘shni davlatlar bojxona xizmatlari bilan ham hamkorlikda ishlar tashkillashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0