Jamiyat

Namangan koʻchalarini suv bosdi

Kecha boʻlib oʻtgan yomgʻirdan soʻng Namangan shahrining ayrim koʻchalari suvga toʻldi. Avtomobillar oʻtishga qiynalmoqda.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Boʻlib oʻtgan kuchli yomgʻirdan soʻng Namangan shahrining ayrim koʻchalarini suv bosdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar qilmoqda. 

"Namanganliklar" guruhida tarqalgan videoga koʻra, kecha yoqqan yomgʻir oqibatida koʻchalarning birida suv toʻlgan. Natijada avtomobillar oʻtishga qiynalmoqda.

“Namangan shahar “Oʻn bir Ahmad” tarafdagi temir yoʻli koʻprigi tarafdan moshinalar oʻtishga qiynalmoqda. Tavakkal qilib oʻtaman desangiz, oʻtavering, lekin yoʻlning oʻrtasiga kelib oʻchib qolish xavfi bor”, deb yozgan video muallifi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning koʻplab shaharlarida, hatto poytaxt Toshkentda ham tartibsiz qurilgan binolar tufayli ariqlar berkilib qolgani, drenaj tizimi notoʻgʻri qurilgani yoki shikastlangani tufayli yomgʻirdan soʻng koʻchalar suvga toʻlib qolmoqda. Har yil ushbu koʻngilsizlikni oldini olishga xarkat qilinsada, hozircha natija qoniqarli emas. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala