“O‘zbekkino” rahbari Medinskiyga ajoyib sovg‘a taqdim etdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida o‘zbek kinosi haftasi ochilishiga bag‘ishlangan bayramona tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbekkino” bosh direktori Firdavs Abduhalikov Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyga “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo qo‘lozmalarida” to‘plamini sovg‘a qildi.

Tantanali tadbir Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Moskvada o‘zbek kinosi haftaligi 5-oktabrga qadar davom etadi. Markaziy kinematograflar uyida 10 ta badiiy film va to‘rtta hujjatli film namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0