Siyosat

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v tretyem Mejdunarodnom forume "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v tretyem Mejdunarodnom forume Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya yetakchisi fikriga koʻra, AQSH, dollardan foydalanishga taʼqiq qoʻyib, "dollarni oʻz qoʻllari bilan oʻldirmoqda" va unga boʻlgan ishonchni ham yoʻq qilmoqda

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya dollardan toʻlov instrumenti sifatida voz kechishga hech qachon urinmagan, lekin oʻzini xatardan saqlashga majbur, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Zamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Tsentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
XVF vakili Oʻzbekiston iqtisodini dollarga tobelikdan qanday saqlash mumkinligini aytdi

"Biz, aytish joizki, hech qachon toʻlov instrumenti sifatida dollardan voz kechish vazifasini oʻz oldimizga qoʻymaganmiz. Lekin, shunchaki, oʻzimizni xavfsizlantirish haqida oʻylashga majburmiz", - dedi davlat rahbari "Rossiya energetik haftaligi" forumi doirasida chet davlatlarning tegishli idoralari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi davomida.

Prezident soʻzlariga koʻra, AQSH, dollardan foydalanishga cheklov qoʻyib, "dollarni oʻz qoʻllari bilan yoʻq qilmoqda", unga boʻlgan ishonchni ham.

Rossiya rahbari shuningdek, koʻplab mamlakatlarning oltin-valyuta zaxiralari dollarda oʻz ifodasini yanada kamroq topayotganiga, jahon savdosining dollarda hisob-kitob koʻlami pasayayotganiga eʼtibor qaratdi. AQShning dollar hisob-kitobidan siyosiy kurash instrumenti sifatida foydalanishi shunga olib kelmoqdaki, koʻplab mamlakatlar milliy valyutadagi hisob-kitoblarga oʻtishni oʻylab qolmoqda.

Kupyurы amerikanskix dollarov. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga dollardan voz kechish tavsiya etildi

Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari oʻrtasida hisob-kitobning 72%i rublda amalga oshirilayotganini ham eslatib oʻtdi.

Sal oldin eng yirik investbanklardan biri boʻlgan JP Morgan Chase dollar jahon zaxira valyutasi maqomidan ayrilishini, bu voqea tez orada roʻy berishini aytgan edi. Xususan, mashhur moliyachi, A. G. Bisset Associates rahbari Ulf Lindal soʻzlariga koʻra, yaqin besh yilda amerika pul birligi yevroga nisbatan 40 foizga oʻz qadr-qimmatini yoʻqotadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala