Jamiyat

Rossiya oʻzbekistonlik talabalarni faol qoʻllab-quvvatlaydi – Matviyenko

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bugun u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya oliygohlarida 29 ming oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ulardan 5 ming talaba davlat stipendiyalari hisobidan oʻqimoqda.

Zasedaniye Soveta Federatsii RF - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi - Matviyenko

Bu haqda Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda aytdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

“Biz zamonaviy kadrlarni oʻqitishda faol yordam bermoqdamiz. Yigirma toʻqqiz ming oʻzbekistonlik talabalar turli mutaxassisliklar boʻyicha Rossiya oliygohlarida tahsil olmoqda. Shu oʻrinda besh ming talaba davlat stipendiyasi hisobidan oʻqimoqda. Shu yilning oʻzida 223 ta davlat stipentsiyalari ajratildi”, - deb taʼkidladi Matviyenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyada Oʻzbekistonga deyarli eng koʻp davlat stipendiyalari ajratilgan.

“Bugungi kunda Rossiyaning sakkizta yetakchi universitetlari Oʻzbekistonda filiallarini ochilgan. Ikkinchi darajali emas, balki aynan yetakchi oliygohlar", - deb qoʻshimcha qildi Rossiya Federatsiya Kengashi raisi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala