Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2-oktabrya prinyal predsedatelya Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii Valentinu Matviyenko
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2-oktabrya prinyal predsedatelya Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii Valentinu Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.

Mudroe reshenie: Matviyenko o reshenii Uzbekistana vstupit v YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Oqilona qaror: Matviyenko O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi haqida

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Valentina Matviyenkoni Rossiya Federatsiyasi parlamentining yuqori palatasi raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi hamda ushbu mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi samarali muloqotlar, Rossiya prezidentining o‘tgan yil oktabr oyidagi O‘zbekistonga tarixiy davlat tashrifi mamlakatlarning keng ko‘lamli hamkorligini kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlab, uni aniq mazmun bilan boyitdi.

Valentina Matviyenko, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun prezidentga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya parlamenti delegatsiyasining ushbu tashrifi mamlakatlar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilayotganining navbatdagi tasdig‘i ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishda, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishda ikki mamlakat parlamentlarining faol ishtirokiga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya o‘zbekistonlik talabalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi – Matviyenko

Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Federatsiya Kengashi raisi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi.

Valentina Matviyenko joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0