Toshkentda xalqaro kitob yarmarkasi ochildi

© AllamjonovMejdunarodnaya knijnaya vistavka v Uzbekistane
Mejdunarodnaya knijnaya vistavka v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan nashriyotlar ishtirokida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun Toshkentda “Tashkent Book Fest” - xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi.

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

© Komil AllamjonovV Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vistavka
Toshkentda xalqaro kitob yarmarkasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vistavka

Ko‘rgazma ochilish marosimiga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi Komil Allamjonov ham tashrif buyurdi.

“Mazkur xalqaro ko‘rgazma-yarmarka nafaqat kitoblar namoyishi, balki soha xodimlari va ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda, yangi texnika va texnologiyalarni, yangicha yondashuvlarni joriy etishda yana bir muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi, deb o‘ylayman”, - dedi Allamjonov.

© Komil AllamjonovV Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vistavka
Toshkentda xalqaro kitob yarmarkasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vistavka

Xalqaro kitob ko‘rgazmasi 4-oktabrga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0