Jamiyat

Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar roʻyxatidan joy oldi

© Mejdunarodnыy press-klubUsmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy
Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik Oʻzbekiston
Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" roʻyxati eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" roʻyxati eʼlon qilindi.

Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Diniy idora muftiy Usmonxon Alimov lavozimdan ozod etilganini rad etdi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bir necha yillardan buyon ushbu roʻyxatdan joy olib kelmoqda.

Usmonxon Alimov – 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tugʻilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy maʼhadida tahsil olgan. Uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy” jome masjidida imom-xatib boʻlib ishlagan. 2000–2006 yillari Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili boʻlib xizmat qildi. 2006 yil 8 avgustda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.

Reytingga rossiyalik UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov ham kiritildi.

Shuningdek, roʻyxatdan Pokiston bosh vaziri Imran Xan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev, Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hamda futbolchi Muhammad Saloh oʻrin olgan.

The Muslim 500 reytingi har yili Ummon qirolligi islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala