“Albatta aralashamiz”: Putin hazil tariqasida AQSh saylovlariga aralashishni va’da berdi

Obuna bo‘lish
“NBC News” telekanali jurnalisti bir necha yillardan buyon amerikaliklarni qiziqtirib kelayotgan savol bilan Rossiya prezidentiga murojaat qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalistning Rossiyaning 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh prezidenti saylovlariga aralashishi to‘g‘risidagi savoliga hazil tariqasida javob qaytardi.

“Sizga bir sirni aytaman: ha, albatta aralashamiz, - deya hazil tariqasida javob bergan Rossiya rahbari va bir necha soniyadan so‘ng qo‘shimcha qilgan:  U yerda sizning vaqtingizni yaxshilab chog‘ qilish uchun. Faqat hech kimga aytmang, xo‘pmi?”

“Aralashmang”: Tramp barchani kuldirdi – video

Putin ohangini o‘zgartirib davom etdi: “Bilasizmi, muammolarimiz o‘zimizga yetarli. Biz ichki muammolarimizni hal qilish bilan shug‘ullanamiz va avvalo diqqatimiz shunga qaratilgan”.

Yangiliklar lentasi
0