Jamiyat

Chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishKozlyata ot kozla Timura
Kozlyata ot kozla Timura - Sputnik Oʻzbekiston
Sugʻurta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sugʻurta tovoni toʻlab beriladi.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan “Aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sugʻurtalash uchun sugʻurta qildiruvchi ning ogʻzaki yoki yozma murojaati boʻyicha ixtiyoriy ravishda sugʻurtalovchi bilan shartnoma tuziladi.

Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govyadinы Roman Kostyuk - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofoti toʻlaydi va unga sugʻurta polisi beriladi.

Sugʻurta hodisasi (sugʻurtalangan hayvonning nobud boʻlishi, oʻgʻirlanishi va majburan soʻyilishi)  roʻy berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Sugʻurta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sugʻurta tovoni toʻlab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala