Jamiyat

Davlat hisobidan koʻrsatiladigan tibbiy yordam roʻyxati tasdiqlanadi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishMeditsinskaya sestra
Meditsinskaya sestra - Sputnik Oʻzbekiston
Roʻyxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash kiritiladi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Meditsinskaya sestra proveryayet kapelnitsu. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Byudjet hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, roʻyxat har yili Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli moliya va rejali davr uchun davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin 15 kundan kechikmay ishlab chiqiladi.

Roʻyxat tibbiy yordamning quyidagi turlari boʻyicha shakllantiriladi:

- shoshilinch tibbiy yordam;

- rejali (shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;

- ixtisoslashgan (shu jumladan yuqori texnologik) tibbiy yordam;

- palliativ tibbiy yordam.

Roʻyxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash kiritiladi.

Roʻyxat tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari belgilab olingan holda, tibbiyot tashkilotlari darajasi boʻyicha shakllantiriladi.

Oʻzbekiston fuqarolari, respublikada muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda asoslantirilgan murojaatlar bilan roʻyxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala