Nima uchun kriptovalyutalar uchun elektr energiyasiga mutanosib haq to‘lash kerak?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTexnologiya blokcheyn i moneta bitkoin
Texnologiya blokcheyn i moneta bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kriptovalyutalar ishlab chiqaruvchilari uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha tegishli narx-navolar belgilanishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekistonda kriptovalyutalar ishlab chiqaruvchilari uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha tegishli narx-navolar belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi paytda Vazirlar Mahkamasining ushbu masalaga oid qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, kriptovalyutalar bo‘yicha faoliyat yuritadigan iste’molchilar elektr energiya haqini tegishli tarif guruhi uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 marotaba ortiq miqdorga oshirilgan koeffitsiyent bo‘yicha to‘laydi.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning iste’molchilarni energiya ta’minoti bo‘yicha siyosati ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lib qolyapti. Amaliyotda bu elektr energiyani ishlab chiqarishda foydalaniladigan gaz qiymatining dotatsiya qilinishini anglatadi. Bu mamlakat tomonidan aholini, o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlarini yaratayotgan mamlakat ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Anglashiladiki, kriptovalyutani qo‘lga kiritish mayning kabi hodisalarning energiya xarajatlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash siyosatiga mutlaqo daxli yo‘q. Ayni paytda mayning fermalari faoliyati katta miqdorda elektr energiyasini va uning barqaror kelib turishini talab qiladi. Ya’ni bunga narxi bo‘yicha davlat tomonidan dotatsiya qilingani uchun ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi elektr energiya sarflanmoqda. Demak, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning maqsadsiz sarflanishi uchun tegishli tarzda haq to‘lanishi lozim. Vazirlar Mahkamasining yangi qarori loyihasida bu o‘z ifodasini topgan”, - deyiladi xabarda.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

Tahlilchilar fikricha, ular iste’mol qilayotgan elektr energiya narxi 3 baravar oshirilganidan keyin ham O‘zbekistonda mayning-fermalar uchun sharoitlar jozibali bo‘lib qoladi. Xususan, raqobatbardosh bo‘lgan internet narxi, xonalar ijarasining maqbul narxlari ham bunga xizmat qiladi. Bundan tashqari, elektr energiya narxi O‘zbekistondagiga nisbatan 3-4 baravar baland bo‘lgan mamlakatlarda ham biznesning ushbu turi mo‘may daromad keltirishini ham inobatga olish zarur.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror qabul qilinishi bilan tegishli biznes turini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi, chunki har qanday biznes qonuniylashtirilgan bo‘lishi kerak. Qonuniylashtirishdan bosh tortish kriptovalyuta noqonuniy amaliyotlarda foydalanishi mumkin, degan shubha uyg‘otadi. Shu tarzda, mayning-fermalarning qonuniylashtirilishi ularga nisbatan elektr energiyaning yangi tarifini qo‘llash imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0