Jamiyat

Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Oʻzbekiston prezidenti xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi 2019 yil 2 oktyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Oʻzbekiston prezidenti xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabrya prinyal predsedatelya Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii Valentinu Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni qabul qildi

Martabali mehmon mamlakatda aholi muommolari bilan ishlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan yangi tizim haqida xabardor etildi. Taʼkidlanishicha, Prezident xalq qabulxonalari nafaqat fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi va eng muhim masalalarni hal qilish boʻyicha choralar koʻradi, balki joylarga borib aholini tashvishga solayotgan muammolarni oʻrganadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birga ularni hal qilish yoʻllarini ishlab chiqadi. Bunda xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqotni taʼminlashga, bu yoʻnalishda davlat organlarining javobgarligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Shuningdek, xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy holatni oʻrganishda va jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda aholining muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarini koʻrishi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala