Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi 2019-yil 2-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2-oktabrya prinyal predsedatelya Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii Valentinu Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni qabul qildi

Martabali mehmon mamlakatda aholi muommolari bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim haqida xabardor etildi. Ta’kidlanishicha, Prezident xalq qabulxonalari nafaqat fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi va eng muhim masalalarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘radi, balki joylarga borib aholini tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birga ularni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqadi. Bunda xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlashga, bu yo‘nalishda davlat organlarining javobgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy holatni o‘rganishda va jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda aholining muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rishi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0