Toshkent aeroportida yashirincha olib kelinayotgan 19ta "Iphone 11" fosh qilindi

Obuna bo‘lish
Fuqaro yukida bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 19 dona “Iphone 11 Pro Max” rusumli uyali telefonlar aniqlandi.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari O‘zbekistonga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan elektron moslamalarni to‘xtatib qoldilar, xabar qildi respublika Davlat bojxona qo‘mitasi.

Sigan-narkotorgoves, zaderjanniy sotrudnikami narkopolitsii - Sputnik O‘zbekiston
Narkotik moddalarni chegaradan olib o‘tishda "jonli konteyner" usuli ommalashmoqda - bojxona

Kuni-kecha Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro S.I.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada uning yuklari orasidan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan  va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, qiymati taxminan 25 000 AQSh dollariga teng 19 dona “Iphone 11 Pro Max” rusumli uyali telefonlar borligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0