Iqtisod

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi

© Ministerstvo investitsiyUzbekistan i Yaponiya obsudili vozmojnost vыpuska novыx avto
Uzbekistan i Yaponiya obsudili vozmojnost vыpuska novыx avto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uchrashuvda Yaponiya tarafi avtomobilsozlik mahsulotlarining yangi segmentlarini oʻzlashtirish taklifini qiziqish bilan qabul qilgan.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Yaponiyaning “Itochu” kompaniyasi Oʻzbekiston bilan yangi avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida "Mitsubishi Corporation", "Marubeni Corporation" va "Itochu Corporation" kabi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Sborka i vыpusk gruzovikov Hyundai na predpriyatii Avtotor - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Hyundai Oʻzbekistonda qachon avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi?

Taʼkidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan ichki bozor ehtiyojlarini qondirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish darajasini koʻtarish hisobiga, Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini kuchaytirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

“Shuningdek, Yaponiya tarafi avtomobilsozlik mahsulotlarining yangi segmentlarini oʻzlashtirish taklifini qiziqish bilan qabul qildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda oʻzaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar muhokama qilindi va kompaniyalarning Oʻzbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yoʻllari ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0