Jamiyat

Kogonda oʻquvchilar paxtaga olib chiqilgani haqidagi xabar oʻrganilmoqda – XTV

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishSbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon tumanida beshinchi va undan yuqori sinf oʻquvchilari paxta dalasiga olib chiqilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab oʻquvchilari paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, paxta dalasiga beshinchi va undan yuqori sinf oʻquvchilari olib chiqilgan. Hozirgi kunda mutasaddilar mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Maʼlumotnoma evaziga paxta terdirmoqchi boʻlgan rais jarimaga tortildi

“Oʻrganish natijasiga koʻra, mazkur iddaolar tasdiqlansa, qonunni himoya qilish organlari tomonidan javobgarlikka tortilishi lozim”, - deyiladi xabarda.

Xabarda XTV maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilari va tizim xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilishiga qarshi va joylardagi tizim rahbarlaridan majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslikni talab qilishi qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq fuqarolarni paxta terishga majburlagan Bogʻot tumani hokimiga jazo tayinlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala