“Qovun tushirgan” Lukashenko yoxud Zelenskiy qanday qilib uning “o‘takasi yordi” – video

Obuna bo‘lish
Aleksandr Lukashenko Belarus va Ukraina mintaqalarining Jitomirdagi forumida Ukraina rahbarini noqulay vaziyatga solib qo‘ydi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus va Ukraina regionlarining Jitomirdagi forumida Ukrainani yanglishib Rossiya deb atadi.

“Bilasizmi, Vladimir Aleksandrovich, Rossiya mintaqalarining bu maydonchasi, mintaqalar rahbarlarining bevosita aloqalari bizga 6 mlrd. dan ko‘proqqa tezroq yaqinlashishga yordam berdi...”, - deb aytgan Lukashenko nutqi vaqtida.

Vladimir Zelenskiy Belarus prezidentining gapini bo‘lib: “Ukrainaning, Aleksandr Grigoryevich”, - deya uning gapini tuzatgan Zelenskiy.

Lukashenko bunga javoban hazil tariqasida Zelenskiyga: “Men qo‘rqib ketdim, o‘ylabmanki, nahotki “Vladimir Vladimirovich” (Rossiya prezidenti Putinning ism-sharifini nazarda tutgan holda – tahr.) deb yuborgan bo‘lsam.

Uning so‘zlaridan keyin zalda kulgi ko‘tarilgan.

Yangiliklar lentasi
0