Jamiyat

Janubiy Koreyada Oʻzbekiston bayrogʻiga oʻxshash paypoq savdodan olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik faollar advokat va politsiya yordamida Janubiy Koreyada Oʻzbekiston bayrogʻiga oʻxshash paypoqni savdodan oldirishdi.

TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Janubiy Koreyada ishlayotgan oʻzbekistonlik vatanparvar fuqarolar yordamida magazinda paydo boʻlgan, Oʻzbekiston bayrogʻiga oʻxshash paypoqlar savdodan olindi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan videoda xabar qilingan.

Videoda aytilishiga koʻra, Koreyadagi Keme shahrida oʻzbekiston vakillari advokatlar bilan birga magazin rahbariyati va politsiyaga murojaat qilishgan.

“Xudo xoxlasa ushbu murojaat paypoq ishlab chiqargan zavodga ham yetkaziladi va ushbu mahsulot qayta ishlab chiqarilmaydi. Oʻzbekiston bayrogʻi oyoqosti boʻlishiga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz”, - deyilgan videolavha soʻngida.

Magazin ushbu paypoqlar 3 yil odin ishlab chiqarilgani va bu qoldiqlar ekanini xabar qilishgan. Ular aytishiga qaraganda, “paypoqni rangi chiroyli boʻlgani uchun yana savdoga chiqarishgan”.  Ular uzr soʻrab paypoqni savdodan olishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala