O‘zbekiston haqida chiroyli video suratga ol va Spark yutib ol

© SputnikDevushki v natsionalnix kostumax. Buxara, Uzbekistan
Devushki v natsionalnix kostumax. Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizm qo‘mitasi va Elektron OAVlar assotsiatsiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” - videolar tanlovi e’lon qildi. Bosh sovrin – Spark.  

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 25-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston elektron OAVlar assotsiatsiyasi hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” videoroliklar tanlovi o‘tkazmoqda.

Sovrinli nominatsiyalar soni - 11ta:  

  • O‘zbekiston gastronomik turizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston ekologik turizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston MICE turizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston Ziyorat turizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston tibbiy turizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston etnoturizmi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston agroturizmi – 15 mln. so‘m
  • Jamiyatdagi hatti-harakatlar madaniyati – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekiston hududlarining umumiyligi – 15 mln. so‘m
  • O‘zbekistonda xavfsizlik – 15 mln. so‘m
  • Bosh mukofot – “Spark” avtomobili.

Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ushbu nominasiyalar bo‘yicha mustaqil ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni DVD diskda HD formatda, ishtirokchining pasport nusxasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-noyabriga qadar taqdim etish lozim. 

Ushbu tanlov shartlari bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0