Iqtisod

YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekiston eksportiga qanday taʼsir qiladi – ekspert fikri

Politolog Eduard Poletayev
Politolog Eduard Poletayev - Sputnik Oʻzbekiston
“Yevrosiyo dunyosi” jamoat jamgʻarmasi rahbari va siyosatshunos Eduard Poletayev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishi uning eksport salohiyatiga qanday taʼsir qilishi haqida Sputnik Oʻzbekistonga oʻz fikrlarini aytdi.

Ekspert Oʻzbekiston iqtisodiyotini tarkibini hisobga olish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Mavjud boʻlgan tizimni tez fursatda qayta oʻzgartirib boʻlmaydi. Masalan, Qozogʻiston uzoq yillar davomida xom ashyo eksportidan voz kechishga harakat qilmoqda.

Oʻzbekiston ham bundan voz kechmoqda, respublikaning qishloq xoʻjalik va avtomobilsozlikdagi muvaffaqiyatlarini esdan chiqarmaslik kerak.

Siyosatshunosning prognoziga koʻra, YEOIIga qoʻshilishi bilan Oʻzbekiston barqaror shartnomalarini hisobga olgan holda eksport hajmi 10-40 foizga koʻpayishi mumkin.

Ammo shuni unutmaslik kerakki, Oʻzbekistonning Yevropa ittifoqida boshqa sheriklari ham bor va hech kim ularni yoʻqotishni xohlamaydi.

Hech kim oʻz tovar ayirboshlashini faqat bitta davlat hisobidan oshirish istamaydi, deb xulosa qildi ekspert.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Politolog otsenil, kak uvelichitsya eksport Uzbekistana posle vstupleniya v YEAES
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala