Majburiy tibbiy sug‘urtalash O‘zbekistonda qachon paydo bo‘ladi?

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishNa osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto
Na osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarida majburiy tibbiy sug‘urtalash bosqichlari, qamrab olinadigan viloyatlar va muddatlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Respublikada majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021-yildan bosqichma-bosqich joriy etilishi loyihalashtirilgan, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ilk bosqich 2021-yilda pilot sifatida Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida joriy etiladi. Mazkur viloyatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tizimi, kafolatlangan tibbiy xizmat hajmi hamda jon boshiga va har bir davolangan shaxs uchun to‘lov tizimini yaratish belgilab o‘tilgan. 

Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari va mahalliy deputatlar, mutasaddi tashkilot namoyandalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ma’lum qilindi.

Ikkinchi bosqichda 2023 – 2025-yillar davomida yana oltita viloyatlar qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda 2025-yildan boshlab barcha hududlar to‘liq qamrab olinadi.

Bu modelni birlamchi darajada amalga oshirish uchun 2020-yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaning daromad manbalari etib davlat budjeti bilan bir qatorda inson sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi (tamaki, alkogol, shakar va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan) mahsulotlarga qo‘llaniladigan aksiz soliqlari hamda ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxonalardan qo‘shimcha ajratmalar tashkil etadi.

Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ro‘yxati tasdiqlanadi

Vazirlik vakillarining qayd etishicha, bu yo‘nalishdagi qonunchilik asoslarini ishlab chiqish jarayonida jahonda shakllangan modellar puxta va atroflicha o‘rganildi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bandlik darajalari, soliq stavkalari, oylik daromadlari o‘rganilib, majburiy tibbiy sug‘urtaning hozirgi kunda optimal va ijobiy baholanib kelinayotgan budjet modeli tanlab olindi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlagan edi. Hujjat Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, jumladan, yetakchi mamlakatlar tajribasiga asoslangan. Sohadagi islohotlar barcha fuqarolarning teng tibbiy yordam olish, moliyaviy himoya va resurslarning samarali taqsimlanishi imkoniyatini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0