Putin Sibir o‘rmonida hordiq chiqardi – video

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazir Sergey Shoygu bilan birgalikda Sibir o‘rmonida sayr qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan birgalikda Sibirda hordiq chiqardi.

Ular tog‘larga piyoda ko‘tarilib, kuz tabiati manzarasini tomosha qilishdi va qo‘ziqorin terishdi.

Avvalroq Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Putin tug‘ilgan kunidan oldin Sibirga tashrif buyurgandi.

Yettinchi oktabr kuni Vladimir Putin 67 yoshga to‘ladi. Peskov prezident o‘z tavallud ayomini oila a’zolari va do‘stlari bilan nishonlashini ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0