Toshkent metrosida bepul Wi-Fi ishga tushdi

© SputnikServis "Yandeks metro" nachal rabotat v Tashkente
Servis Yandeks metro nachal rabotat v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metrosida Wi-Fi tarmog‘i Metrotelecom kompaniyasi, UCELL uyali aloqa tarmog‘i hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida tashkil qilingan.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Bugundan boshlab Toshkent metrosining barcha bekatlarida Wi-Fi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Novie vagoni metrov Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi

Wi-Fi tarmog‘i Metrotelecom kompaniyasi, UCELL uyali aloqa tarmog‘i hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida tashkil qilingan.

Birinchi marotaba internetga ulanish uchun dastlab tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatga olish telefon raqamiga yuboriladigan SMS orqali amalga oshadi. Shundan so‘ng, reklama roligini tomosha qilish va internetga ulanish tugmasini bosish kerak bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ilk bor ICT Week doirasida 25-sentabr kuni Mustaqillik maydoni va Amir Temur bekatlarida ishga tushirilgan edi. O‘shanda ushbu 3 kompaniya rahbarlari Toshkent metropolitenida Wi-Fi xizmatining ishga tushiriligi metropolitenning yo‘lovchilar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0