Hodisalar

Bankomatni portlatib, pul oʻmarmoqchi boʻlgan oʻgʻrining oʻzi ham portlab ketdi – video

© Sputnik / Igor ZaremboPosetitel v operatsionnom zale ofisa banka
Posetitel v operatsionnom zale ofisa banka - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepovets shahrida bankomatni portlatib, pul oʻmarmoqchi boʻlgan oʻgʻrining oʻzi ham portlab ketdi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepovets shahrida bankomatni portlatib, pul oʻmarmoqchi boʻlgan oʻgʻrining oʻzi ham portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti REN TV kanaliga asoslanib xabar qilmoqda.

Hodisa 8 oktyabr kuni ertalab soat 5 da shaharning Mochenkov koʻchasidagi koʻp qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan bank boʻlimida sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, bankomat erkak uni gaz uskunasi yordamida ochmoqchi boʻlgan paytda portlab ketgan. Natijada voqea joyida erkakning oʻzi ham halok boʻlgan.

Ushbu binoda istiqomat qiluvchilar jabr koʻrmagan. Hozirda tergovchilar hodisa tafsilotlarini aniqlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala