Jamiyat

Bolalar zaharlangan bogʻcha xodimlari ishdan boʻshatildi

© Sputnik / Igor ZaremboObed v detskom sadu
Obed v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Bekoboddagi bogʻcha bolalarida kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qoʻpol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish boʻlimi va MTTning boshqa xodimlarining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil oʻrganib chiqildi.

Stolovaya v voinskoy chasti Vostochnogo voyennogo okruga, kotoruyu posetil Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda 83 nafar maktab oʻquvchisi ovqatdan zaharlandi

Respublika DSENM xulosasiga koʻra, bolalarda kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qoʻpol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish boʻlimi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab boʻlgan.

“15-sonli MTT mudirasi Rahmatullayeva Mohira Abdumalikovna, oshpaz Qahramonova Shohida Abrorovna va hamshira Ergasheva Mavluda Ergashevna lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti–harakati natijasi oqibatida bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar”, - deyiladi MTV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatdan zaharlanish holati sodir boʻlgani va bogʻcha bolari yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala