Dunyoda

Putin va Medvedevning maoshi oshirildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Putin oʻzi va Dmitriy Medvedevning maoshini oktyabrdan boshlab 4,3 foizga oshirish toʻgʻrisida farmonni imzoladi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil 1 oktyabrdan prezident va bosh vazirga toʻlanadigan maoshni 4,3 foizga oshirish toʻgʻrisida farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Putin na otdыxe v sibirskoy tayge - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Putin Sibir oʻrmonida hordiq chiqardi – video

Farmon bilan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish vazirlari, Tergov qoʻmitasi rahbari, Bosh prokuror, FQX direktori, Milliy gvardiya boshligʻi, Tashqi razvedka xizmati direktori, FQX direktori, davlat felyegerlik xizmati direktori, Xavfsizlik Kengashi kotibi, Hukumat raisining birinchi oʻrinbosari, Markaziy saylov komissiya raisi va uning oʻrinbosarlari, inson huquqlari boʻyicha vakilning ish haqi miqdori oshirildi.

Hujjatga asosan hukumatga ushbu harakatlarni moliyalashtirishni taʼminlash haqida topshiriq berildi.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, maosh rejali indeksatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala