TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiyada qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan o‘zbekistonlikdan ayblov olib tashlandi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi, 2019-yilning 6-oktabr kuni Moskva tumanida qotillikda gumonlanib qo‘lga olingani OAVda xabar qilingan O‘zbekiston fuqarosidan tegishli organlar tomonidan ayblov olib tashlanganini va qo‘shimcha tergov tadbirlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinliklarini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.