Siyosat

Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga boradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishRayon Minato v Tokio
Rayon Minato v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil oxirida Yaponiyaga boʻlajak tashrif doirasida energetika, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida shartnomalar imzolanadi. 

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalariga bagʻishlangan majlisda maʼlum boʻldi.

Yaponiya pomojet Uzbekistanu razvit sferu informatsionnыx texnologiy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yaponiya Oʻzbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yordam beradi

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yil oxirida prezidentning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrifga tayyorgarlik koʻrish doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan. 

Undan tashqari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostantsiya qurish, suv tozalash va suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga moʻljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala