Iqtisod

Oʻzbekistonda YAIMning 2,1 baravarga oʻsishi rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKalkulyator i kupyurы amerikanskix dollarov
Kalkulyator i kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining jamoat muhokamasiga qoʻyilgan respublikada 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish kontseptsiyasida bayon etilgan.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichining 2,1 barobargacha, aholi jon boshiga YAIMning 3 barobargacha (4 538 AQSH doll.) oʻsishiga erishmoqchi. Bu haqda vazirlik tomonidan muhokamaga qoʻyilgan kontseptsiya loyihasida eʼlon qilingan.

Unda aytilishicha, belgilangan maqsadlarga erishish uchun yillik oʻrtacha iqtisodiy oʻsishni 6,4%dan past boʻlmagan surʼatda saqlab turish talab etiladi.

Prodavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yil boshidan buyon aholi yalpi daromadi 123 %ga oshdi – Moliya vazirligi

Aholi jon boshiga YAIM oʻsishining rejalashtirilgan surʼati respublikaning daromad darajasi oʻrtadan yuqori boʻlgan mamlakatlar qatoriga qoʻshilishiga, mehnat bozorida ogʻir ahvol darajasini pasaytirishga, aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash va kam taʼminlanganlikni ikki baravar qisqartirishga, kishilarning yashash joyiga (20 kvadrat metr), sifatli ichimlik suviga (100%) va elektr energiyasiga (100%) boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq qondirishga imkon yaratadi. 

Taxminlarga koʻra, islohotlar natijasida fuqarolarning oʻrtacha umr koʻrishi 78-80 yoshgacha oshishi, oʻlim koʻrsatkichi esa bir yarim baravarga qisqarishi kutilmoqda.

2018-2030 yillarda respublikada YAIM oʻsishining asosiy omillari sifatida quyidagilar belgilanmoqda: sanoatning real hajmi 2,3 baravarga (YAIM hajmi 2018 yilgi 26,3% dan 2030 yil 33,3% gacha oshirilishi), qurilish ishlari 2,1 baravarga (5,7% dan 6,4% gacha), xizmat sohasining 2,1 baravarga (35,6% dan 39,3% gacha) oʻsishini taʼminlash, qishloq xoʻjaligidagi ulushni 1,8 baravarga (32,4% dan 21% gacha) pasaytirish.

Eksport hajmlarining uch marotabagacha oshirilishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish salohiyatining oʻsishini taʼminlab berishi koʻzda tutilgan.

Avval xabar qilinganidek, prezident Shavkat Mirziyoyev QQS stavkasini 20% dan 15% gacha pasaytirish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan edi. Yangi soliq stavkasi 1 oktyabrdan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala