O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yangi avtobus reysi yo‘lga qo‘yildi

© UzAIz Fergani v Kirgizstan otkrili noviy avtobusniy marshrut
Iz Fergani v Kirgizstan otkrili noviy avtobusniy marshrut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Farg‘ona-Qizil-Qiya” yo‘nalishi bo‘yicha qatnov yo‘li masofasi 37 kilometrni tashkil etgan, chipta narxi 7 ming so‘mga teng.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Farg‘onadan Qirg‘iziston hududiga yangi avtobus marshruti ochildi, xabar qiladi Transport vazirligi

 “Farg‘ona-Qizil-Qiya” reysi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun joriy etilgan.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan Mansur Mirzohid xususiy korxonasi zamonaviy ISUZU avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi.

Qatnov yo‘l masofasi 37 km.ni tashkil etib, chipta narxi 7 000 so‘mga teng.

Qirg‘iziston tarafidan ham marshrut bo‘yicha mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yil sentabr so‘ngida Andijon-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha mikroavtobuslarning muntazam qatnovi joriy etilgan.

Farg‘ona-Qizil-Qiya yo‘nalishida har kuni 12 ta (har tarafdan 6 tadan) zamonaviy mikroavtobus qatnovga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0