Xayriya niqobi ostida ID* uchun pul jamlagan guruh qo‘lga olindi - video

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov
FSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ID* tarafdorlari internet orqali xayriya maqsadlarni ro‘kach qilib, 6 milliondan ortiq mablag‘ yig‘ishgan va keyinchalik ushbu pullar Suriyaga jo‘natilgan.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya FXX xodimlari Rossiyaning 9ta hududida faoliyat yuritgan “xayriya tashkiloti” faoliyatini fosh qildi. Ular go‘yoki xayriya maqsadda pul jamlab, “Imarat kavkaz” va “Islomiy davlat*” terrorchilik tashkilotlariga homiylik qilishgan.

Ushbu yashirin tashkilotga 100dan ortiq kishi a’zo bo‘lganligi va ular orasida 2005-yilda Shamil Basayev bataloni tarkibida Nalchikka hujum qilganlar ham borligi aniqlandi.

Maxsus xizmat xodimlari yashirin guruh a’zolari Kabardin-Bolqor, Qorachoy-Cherkes, Ingushetiya, Tatariston, Krasnodar, Stavropol, Moskva, Sankt-Peterburg va Tumen viloyatlarida faoliyat yuritganini aniqlashgan. Ular internet orqali  xayriya maqsadlarni ro‘kach qilib, 6 milliondan ortiq mablag‘ yig‘ishgan va ushbu pullarni Suriyada jang qilayotgan terrorchilarga jo‘natishgan.

Ushbu tashkilotni faoliyatida ishtirok etgan 25 yoshli erkak va 30 yoshli ayol kishi hibsga olingan. Ularning yonidan ekstremistik adabiyotlar, 10ta mobil telefon, 60ta bank kartasi va 6 ming dollar naqd pul va pul jo‘natmalari haqida hisobotlar topilgan.

Tergov ishlari davom etmoqda, guruhning barcha a’zolari hozircha to‘liq aniqlangani yo‘q, deyilgan xabarda.

ID* - Islomiy davlat, Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti. 

Yangiliklar lentasi
0