TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Afgʻoniston kuchishlatar boʻlinmalari “Tolibon”* terrorchilik harakatining razvedka boshligʻini qoʻlga olishdi. Bu haqda RIA Novosti TOLOnews telekanaliga asosan xabar qildi.
Huquq-tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, Gazni viloyatida maxsus amaliyot davomida Mulla Nuruddin ismli jangari ushlandi.
“Jangari bilan uning akasi ham qoʻlga olindi”, - deb qoʻshimcha qildi viloyat hokimlik matbuot kotibi Arif Nuri.
Afgʻonistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.
Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakat boʻylab aksilterror operatsiyalarini oʻtkazishni davom etmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot