Video

Turklar kurdlarga qarshi: Suriya shimoliy-sharqida harbiy operatsiya boshlanishi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Turkiya Suriyaning shimoliy-sharqida xavfsiz zona yaratish maqsadida harbiy operatsiya oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ayni damda barchaning diqqati ikki davlat oʻrtasidagi chegaraga qaratilgan

Avvalroq Turkiya aviatsiyasi kurd tuzilmalari shtabiga zarba berib, AQShni dargʻazab qilgandi. Zero Amerika kurd koʻngillilaridan tashkil topgan va oʻziga Bashar Asad rejimiga qarshi kurashishda yordam beradigan “Ozod Suriya armiyasi”ni moliyalashtiradi va qurol-yarogʻ bilan taʼminlaydi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Anqaraga dahshatli oqibatlar bilan tahdid qildi.

Turetskaya devochka nablyudayet iz okna avtomobilya, kak tanki i soldatы turetskoy armii sobirayutsya u siriyskoy granitsы v gorode Xassa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi - video

“Avval ham qatʼiy taʼkidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib oʻtadigan boʻlsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yoʻqotib vayron qilaman", - deb yozdi u Twitter᾽da.

Rossiya kurdlarni qoʻllab-quvvatlamoqchi emas.

“Biz Turkiyaning oʻz xavfsizligini taʼminlash borasidagi harakatlarini bilamiz va bunga yoʻl qoʻyamiz, Suriya hududida yashirinishi mumkin boʻlgan terroristik elementlarga qarshi kurashish nazarda tutilmoqda. Lekin yana bir bor takrorlayman: birinchi navbatda biz Suriyaning hududiy va siyosiy yaxlitligiga rioya qilish kerakligi haqida gapirmoqdamiz”, - deya maʼlum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Yangiliklar lentasi
0