Farg‘onada aviatsiya bombasi topildi

© "Postda"Bomba naydennaya v Fergane
Bomba naydennaya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi - hech kim bilmaydi”: Farg‘onadagi bog‘lardan birida aviatsiya bombasi topildi.  

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Farg‘onada xuddi kinodigidek voqea yuz berdi. Quva tumanidagi bog‘lardan birida vazni 150 kg bo‘lgan aviatsiya bombasi topildi. Bu haqida “Postda” gazetasi xabar qilmoqda.

“7 oktabr kuni soat 16:00larda “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduqodir” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg. bo‘lgan aviatsiya bombasi topildi”, - deyilgan xabarda.  

Ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hech kimga zarar yetmagan.

Bomba topilgan bog‘ egasiga Toshkentdan 3-xonali uy berilishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0