TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Toshkentda firibgarlikka qoʻl urdi stajyor-oʻqituvchi ushlandi.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi J.U. fuqaro X.YA.ga Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutiga qoʻshimcha kontrakt asosida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga esa 500 dollar talab qilgan. U pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning tegishli moddalari bilanjinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.