TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Oʻzbekiston milliy valyutasi kursi yil oxiriga qadar jiddiy oʻzgarmaydi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
“Avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan soʻng sentyabr-oktyabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin oʻzgarishi kutilmayapti”, - deyilgan bank hisobotida.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Markaziy bank valyuta kursini davlat boshqaruv organi tomnidan tomonidan emas, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, valyuta birjasida belgilash haqida farmon chiqargan edi.
Xabarda shuningdek, 2019 yilning 9 oyida milliy valyuta kursi AQSH dollariga nisbatan 13%ga paysaygani aytib oʻtilgan. Xususan, dollar kursi yanvar oyida 8334 soʻmdan sentyabr oyida 9457 soʻmgacha koʻtarilgan.