Jamiyat

Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi

Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Mahsulotlar import oʻrnini toʻldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib koʻrdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari bu zavodning qayta tiklanishi haqida oʻtgan yili 29 iyun kuni Olmazor tumani aholisi bilan muloqot chogʻida aytgan edi.

Prezident topshirigʻiga muvofiq, zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirildi. Foydalanilmayotgan obʼyekt rekonstruktsiya qilinib hamda qoʻshimcha binolar qurilib, Xitoyning “Huanggang Huauao Zhongbo Klin Technology Co. Ltd.” kompaniyasi uskunalari oʻrnatildi. 300 ta ish oʻrni yaratildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib koʻrdi.
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib koʻrdi.

Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Yuz foiz mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Mahsulotlar import oʻrnini toʻldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.

“Bu zavod Oʻzbekistonning faxri, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ilgari respublikamizga mehmon kelsa yoki yurtdoshlarimiz chet elga borsa, shu zavod toʻplamlaridan sovgʻa qilinardi. Endi ushbu yangi korxona undan ham chiroyli, sifatli va qadrli mahsulotlar tayyorlashi kerak”.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi.
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi.

Mutasaddilar bilan suhbatda zavod faoliyatini kengaytirib, klasterga aylantirish, yanada koʻp xotin-qizlar va yoshlarni ishga jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shu yerda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti ham oʻtkazildi. Prezident eksportni rivojlantirish, tashqi savdo amaliyotlarini yengillashtirish maqsadida Toshkent shahri uchun zamonaviy multimodal logistika markazi tashkil etish taklifini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala