Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

© STVNa Universitetskom bulvare v Samarkande proxodit inventarizatsiya derevyev
Na Universitetskom bulvare v Samarkande proxodit inventarizatsiya derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorga muvofiq, “Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va obyektga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Daraxt kesishga moratoriy kiritiladi – yangi qonun

Qarorga ko‘ra, “Urung‘och” tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish “Urung‘och” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mas’ul organ etib belgilandi.

2020 yil 1-martgacha tabiiy obyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0