Analitika

Bugun “yashil” iqtisodiyotga har kimdan ham koʻproq Oʻzbekiston muhtoj

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVetryanыe elektrostantsii
Vetryanыe elektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosatshunos va sharqshunos olim Dmitriy Verxoturov Sputnik bilan suhbatida samarali iqtisodiy rivojlanish uchun Oʻzbekistonga nima uchun “yashil” iqtisodiyot zarurligi yuzasidan mulohazalar yuritdi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Dmitriy Verxoturov. Oʻzbekistonning “yashil” iqtisodiyotga oʻtishi toʻgʻrisidagi strategiyani tasdiqlagan prezident qarori, taajjubki, jamityada qizgʻin reaktsiyani keltirib chiqarmadi. Bu holatning gʻayrioddiy deyilishiga ikkita asos bor: birinchidan, masala respublika iqtisodiy siyosati uchun hayotiy muhim, ikkinchidan esa, “yashil” iqtisodiyotning joriy etilishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar oʻta jiddiy boʻlib, ular oʻzbek iqtisodiyoti va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi.

Hatto shunday deya olaman, agar Oʻzbekiston buni uddalay olsa, uni oldida aʼlo darajali turmush tarzi kutmoqda, yoʻqsa - respublikani muayyan iqtisodiy istiqbollarga ega boʻlmagan murakkab davr kutmoqda.

Nazariyaviy chekinish

“Yashil” iqtisodiyot keng mavzu boʻlib, uning barcha jabhalarini ochiqlashga kattadan-katta monografiyalarni bayon qilishga toʻgʻri keladi. Shuning uchun uni elektr energiyasi misolida koʻrib chiqamiz.

Dastavval “yashil” iqtisodiyot tushunchasiga toʻxtalsak. Nazariyaning birlamchi qoidasiga koʻra, iqtisodiyot tabiiy muhitning qismidir. U ushbu muhitdan olgan turli xil resurslarni kishilarga zarur boʻlgan mahsulot va xomashyoga aylantiradi hamda vujudga kelgan chiqindilarni muhitga qaytaradi. Shu oʻrinda, oʻzlari tabiatga qaram boʻlgan kishilar ham tabiiy muhit qismidir va buni unutmagan yaxshi.

Fermerы Uzbekistana nachali ispolzovat solnechnuyu energiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonlik fermerlar quyosh stantsiyalari oʻrnatishni boshladi

Kishilarga nafas uchun yaroqli havo, ichimlik suvi, oziq-ovqat kerak. Bularning ishlab chiqilishi esa ekotizimlarning (har qanday makon – tabiiy umumiy ekotizimga joylashtirilgan ekotizim turidir) samaradorligiga borib taqaladi. Shunday qilib, iqtisodiyot tabiiy muhitni qoʻpormasdan rivojlanishda davom etishi kerak, negaki, bu ulkan bir halokatni vujudga keltirishi mumkin.

Shu kabi fundamental tamoyildan kelib chiqib, “yashil” iqtisodiyot nazariyachilari iqtisodiy oʻsish ortidan yugurmaslikni va kishilar oʻzlaridagi doimiy yuqoriga qarab oʻsuvchi talablarni cheklashi kerakligini uqtirmoqda. Chunki, resurslar tanqisligi sharoitida ularni tamomila qondirishning ilojisi ham yoʻq.

Bunday radikalizm oʻrinsiz tuyulishi mumkin, ammo u alohida olingan iqtisodiy siyosatda “yashil”iqtisodiyot tamoyillarining amalda qoʻllanishiga toʻsiq boʻlmaydi.

Amaliyotda “yashil” iqtisodiyot bu bir dona mahsulot ishlab chiqilishiga ketadigan xomashyo va energiya harajatini, qazilma yoqilgʻi qoʻllanilishini qisqartirish va uni quyosh hamda shamol energiyasi bilan joyini almashtirish, chiqindilar shakllanishini qisqartirish yoʻllarini aniqlash jarayonidir. Bunday siyosat iqtisodiy jihatdan afzalroq, albatta. Deylik, biror bir rusum yoqilgʻisining soatiga bir killovatni ishlab chiqishi uchun 1 kg.mi yoki 200 grammni sarflashni afzal koʻrasiz? Bu kabi tanlov oldingizda turganida, shubhasiz, jiddiy farqni his qilasiz. Bunday yondashuv butun ishlab chiqarish tizimiga ham taaluqlidir.

Boshqa bir misol, 2000 yilda Oʻzbekiston YAIMidagi 1000 AQSH dollarining energetik hajmi neftdagi ekvivalentda 980 kg.ni tashkil etgandi. 2016 yilda bu koʻrsatkich 480 kg.ga tushdi. Shunday boʻlsa-da, bunda toʻxtash kerak emas, albatta. Zero, intiladigan marralar hali oldinda. Dunyoda bu koʻrsatkich oʻrtacha 200 kg.ga teng, Germaniyada esa 2006 yilning oʻzidayoq YAIMning 1000 AQSH dollari energetik hajmi neft ekvivalentida bor-yoʻgʻi 150 kg.ga teng edi.

Energetik hajm pasayishi, energetik tashuvchilarning mavjud hajmini qoʻllagan holda, yanada koʻproq ishlab chiqish mumkinligidan darak beradi. Aynan shunga ham gaz va neftni import qilayotgan Germaniya Oʻzbekistondagidan-da farovon hayot kechirayotgan mamlakatlar sirasida.

Yaʼni “yashil” iqtisodiyot amaliy nuqtai nazardan arzon xomashyo va energiyani toʻla hajmda qoʻllash evaziga iqtisodiy oʻsish demakdir.

Resurslar tanqis boʻlganda

Oʻzbekiston uchun resurslarning (ayniqsa yoqilgʻi-energetika sohasida) keskin tanqis boʻlishi, ularga boʻlgan mavjud va boʻlgʻusi ehtiyoj bilan solishtirganda, allaqachon voqelikka aylanib boʻlgan. Zahiradagi gaz va neft mahsulotlari yaqin 20-30 yilga yetadi, bu yuqorida keltirilgan “yashil” iqtisodiyotga oʻtish startegiyasida eng ahamiyatli dalillardan biri sifatida qayd etilgan. Neft zahiralari deyarli tugallangan, tabiiy gaz esa investitsiyalarni jamlash va asbob-uskunalar importi uchun qimmatli eksport resursiga aylanib qolgan.

Vetrovыe elektrostantsii v poselke Mirnыy v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Zamonaviy energiya: Oʻzbekistonda shamol elektr stantsiyalar quriladi

2030 yilga kelib, elektr energiyasining isteʼmoli 112 mlrd. kVt.s.ni tashkil etishi kutilmoqda (hozirgi koʻrsatkich - 64 mlrd. kVt.s.). Texnologik talafotlarni hisobga olganda esa, 121 mlrd. kVt.s. ishlab chiqishga toʻgʻri keladi. Yaqin 10 yilda elektr energiyasining isteʼmoli deyarli ikki baravar oshadi.

Tabiiyki, bunday vazifa faqatgina ekstensiv usullar hisobiga yechim topa olmaydi. Oʻzbekiston bunday energetik tashuvchilarning zahirasiga ham ega emas. Import, bu borada, yechim emas.

Agar energetik muammo kelgusi 10 yilda hal etilmasa, respublika surunkali yoʻqchilik sari harakatlanadi. Aholining koʻpchiligi oʻziga respublikadan tashqarida boshpana va ish qidirishga tushadi. Bunday tahdid va xavf bilan yuzma-yuz toʻqnashishga toʻgʻri keladi. Mamlakat rahbariyati, nazarimda, buni juda yaxshi tushunib yetyapti.

Issiqlik, shamol va quyoshni birlashtirganda

Bunday holatda, Oʻzbekiston prezidenti tasdiqlagan strategiyada oʻz aksini topgan “yashil” iqtisodiyot usullarigina qoʻl kelishi mumkin. Talab qilinadiganlar qatorida - birinchidan, energetik sigʻimni kamida ikki, yaxshirogʻi esa uch baravar kisqartirish, yaʼni YAIMdagi 1000 AQSH doll. neftdagi ekvivalentda 160 kg.ga teng boʻladi. Bu, oʻz navbatida, chora-tadbirlar kompleksining ishlab chiqilishini talab qiladi. Ularning eng muhimlari qatorida issiqlik elektr stantsiyalarini modernizatsiyalash, issiqlik va uzatuvchi tarmoqlarda elektr energiyasining yoʻqotilishini oldini olish kabilar joy egallashi zarur.

Muhim chora sifatida import qilinayotgan va qimmat boʻlgan neft mahsulotlari isteʼmolini qisqartirish uchun gibrid yoki toza elektrik avtomobillarga oʻtish muhim chora boʻlib xizmat qiladi.

Ikkinchidan, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini keng joriy etish. Rejalarga koʻra, 2030 yilga kelib quvvat ortishi 30 GVt ni (mavjud 14,1 GVtga nisbatan) tashkil etishi kerak. Ularning 19 GVt.si eng yangi issiqlik elektr stantsiyalariga, 5 GVt – quyosh, 4 GVt – GES, 2,4 GVt – AES va 1,7 GVt – shamol stantsiyalariga toʻgʻri keladi. 2025 yildayoq Oʻzbekistonda ishlab chiqilayotgan butun quvvatining 19,7% ini energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari tashkil etishi kerak.

Mavjud elektr stantsiyalarini qayta taʼmirlash va sanoatni energiyaning barqaror manbasi bilan taʼminlash vazifalari birlamchi boʻlgani sabab, hozircha issiqlik energetikasi birinchi oʻrinda turibdi. Qolaversa, shamol va quyosh elektr stantsiyalari noturgʻun ishlab chiqarishga ega. Quvvat isteʼmoli kunlik va mavsumiy choʻqqilarga chiqqan payt, butun energotizimda issiqlik stantsiyalariga ehtiyoj saqlanib qoladi.

Eng yangi issiqlik energetikasi boʻlmasdan turib, keng miqyosli shamol va quyosh energetikasiga oʻtib boʻlmaydi.

Rejalashtirilayotgan AES ham yangi energiya tizimida muhim element boʻlib xizmat qiladi. U issiqlik elektr stantsiyalariga yaqin boʻlsa-da, energiyani doimiy ravishda ishlab chiqara oladi va yirik isteʼmolchilarni taʼminlab tura oladi. AES “yashil” elektr stantsiyasining xususiyatlariga ega: u qazilma yoqilgʻini talab qilmaydi, kislorodni yoqmaydi, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari, sulfat dioksidi, tutun va changni atmosferaga chiqarmaydi, oʻzidan keyin kul terrikonlarini (konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumi) qoldirmaydi.

Oʻzbekistonda shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurilmoqda, kremniy elementlarini ishlab chiqish yoʻlga qoʻyilgan. Agar energetika markaziy oʻqini shakllantiruvchi issiqlik elektr stantsiyalari yirik isteʼmolchilarni, butunboshli shaharlarni quvvat bilan taʼminlasa, quyosh va shamol energetikasi, birinchi oʻrinda, chekka hududlarda rivojlantiriladi. Masalan, Buxoroning Qorakoʻl tumanida “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan gaz qazib chiqarilayotgan Qandim konida 2016 yilning oʻzidayoq quvvati 1,2 MVt boʻlgan mobil quyosh elektr stantsiyalari ishga tushirilgandi. Qorakoʻl –qup-quruq choʻl boʻlib, qurilish obʼyekti yashash joylardan yuz kilometr uzoqdagi masofada joylashgan. Elektr uzatish tarmoqlarini bu yergacha choʻzib olib kelish uzoq vaqt oladi va qimmatga tushadi, issiqlik elektr stantsiyasini esa hududda oʻtkir suv tanqisligi borligi uchun ham tashkillashtirish imkoni boʻlmaydi. Energiya bera oladigan jazirama quyosh bilan shiddatli shamol esa bu yerda koʻlu moʻl.

Ehtimol, turli xil choʻlu biyobonlarda joylashgan shamol elektr stantsiyalariga jiddiy eʼtibor qaratish kerakdir. Ular Oʻzbekistonda talaygina. Shamol salohiyati oʻlkada ulkan boʻlib, u ayrim baholarga koʻra, 520 GVt quvvatga ega va elektr energiyaning hajmi trillion kVt.s.gacha yetib boradi. Oʻzbekistonga oʻzidagi energetik muammolarni hal qilishi uchun ushbu salohiyatining 10%i kifoya qilar edi.

Odatiy tarzda elektr energiyasi va yoqilgʻi yetishmovchiligidan azob chekayotgan qishloq joylarda ham asta-sekinlik bilan quyosh panellari, isitgichlar, kollektorlar hamda shamol tegirmonlari joriy etilmoqda. Bunday obʼyektlar alohida tumanlarda quvvat yetishmovchiligini qoplab, tarmoqlardagi muqarrar yoʻqotishlar bilan bogʻliq oshiqcha energiya uzatishlaridan voz kechilishiga yoʻl qoʻyardi. Natijada, qator viloyatlardagi energotizimlarni takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.

Butun turmush tarzida oʻzgarishlar

Qayta tiklanuvchi energetika yirik issiqlik stantsiyalari (“aqlli” uzatish tarmoqlarini tashkil toptirish – bu ham “yashil” iqtisodiyot usullarining qismi) bilan birlashgan tarzda Oʻzbekistonning odam yashamaydigan barcha chekka joylar va qishloq tumanlarini qoplaganda, respublikada hozirgidan-da samaraliroq yangi elektr energetikasini vujudga keltiradi. 

Solnechnыe paneli - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Elektr energetikasi sohasida “yashil” iqtisodiyot jarayonini taxminan shunday ifodalash mumkin. Yuqorida qayd etilgan strategiyada barcha yengil va barchaga maʼlum choralar oʻz aksini topgandek goʻyo. Lekin ular amalda konkret muammolarni yechishda qoʻllanilsa, tasavvur qiling, qanchalik sezilarli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin?!. Misol uchun kimsasiz sahrolar katta qiymatga ega boʻla boshlaydi: bu yerda yirik quyosh hamda shamol elektr stantsiyalarini qurish mumkin, va ishoning, ular dashtli hududda hech kimga halaqit ham qilmaydi. Respublikaning iqtisodiy joʻgʻrofiyasi, turli tumanlarning ahamiyati, aholi turmush tarzi oʻzgara boshlaydi. Ilgari koʻrilmagan, yangi istiqbollar vujudga keladi.

Mening chuqur ishonchimga koʻra, bugungi kunda “yashil” iqtisodiyotga har kimdan-da koʻproq Oʻzbekiston muhtoj. Uning samarali iqtisodiy rivojlanishi uchun boshqa yoʻlning oʻzi ham yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala